Oltinsoylik umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan o‘quv seminarida mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar, xususan, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar xususida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Unda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Alisher Ro‘ziyev ma’ruza qilib, saylov tizimidagi yangiliklar, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi. Xususan, saylovlarning majoritar va proporsional tizimini nazarda tutuvchi qoidalar kiritilayotgani borasida ham aytib o‘tdi.