Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida iqtidorli talabalarining ijodiy chiqishlari, davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ulari ifoda etilgan monologlar, she’riy kompozitsiyalar va kuy-qo'shiqlar ijro etildi.