Unda Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani S.Bozorov, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etib o‘tildi. Uchrashuv so’ngida ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan talabalarining ota-onalari universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!